O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 20-iyuldagi PQ-232-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 27.10.2023-yildagi 568-son qaroriga asosan faoliyati tashkil etilgan.
“Yangi Toshkent” loyihasi Chirchiq va Qorasuv daryolari oraligʻidagi 20 ming gektar maydonda joylashgan; u poytaxtning ijtimoiy, ma'muriy, biznes va madaniy hayotining markaziga aylanadi. Loyiha tegishli infratuzilma bilan ta’minlangan holda 2 million kishi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratadi.
Qurilishning birinchi bosqichida 450 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktablar, bolalar bog‘chasi, ko‘p tarmoqli shifoxonalar va oilaviy poliklinikalar qurilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, milliy kutubxona, teatr, san’at maktablari uchun zamonaviy bino, turli savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari barpo etiladi.